Table Of ContentO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITIUTI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlаri bo‘yicha
prorеktor dots.T.T.Safarov
______________________
“___” __________ 2019- yil
MENEJMENT VA KASB TA’LIMI FAKULTETI
“TILLAR” KAFEDRASI
O‘ZBEK TILI
FANI BO‘YICHA
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
TOSHKENT – 2019
1
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining 2017-yil 24-avgust 107-buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy
dastur va ishchi o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar: G.N.Tavaldiyeva - Toshkent Kimyo-texnologiya instituti
“Tillar” kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent
G.S.Keldiyorova - Toshkent Kimyo-texnologiya instituti
“Tillar” kafedrasi dotsenti
A.Sh.Eshniyazova - Toshkent Kimyo-texnologiya instituti
“Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi
Ekspert: B.Mengliyev – TDO‘TAU “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi professori
__________ (imzo)
Taqrizchi: I.Azimova - TDO‘TAU “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish
metodikasi” kafedrasi dotsenti
__________ (imzo)
Fаnning o‘quv-uslubiy majmuasi “Tillаr” kаfеdrаsining 2019-yil
“___”-avgustdаgi 1-sonli mаjlisidа ko‘rib chiqilib, fаkultеt Ilmiy-uslubiy Kеngаshidа
tasdiqlash uchun tаvsiya qilindi.
Kаfеdrа mudiri: dots. G.N.Tavaldiyeva
Fаnning o‘quv-uslubiy majmuasi “M vа KТ” fаkultеti Ilmiy-uslubiy
Kеngаshining 2019-yil “___” -avgustdаgi 1-sonli mаjlisidа tаsdiqlаndi.
Fаkultеt Ilmiy uslubiy Kеngаshi rаisi: prоf.G‘.X.Hamroqulov
O‘quv-uslubiy majmua Toshkent Kimyo-texnolgiya instituti Ilmiy-uslubiy kengashining 2019-
yil “__” - avgustdagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
2
MUNDARIJA
1. Titul varag‘i…………………………………………………………………………….....1
2. Mundarija…………………………………………………………………………………3
3. Asosiy adabiyotlar…………………………………………………………………………4
4. O‘quv materiallari .............................................................................................................. 5
5. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari.......................... ............................................................. 268
6. Glossariy (o‘zbek, rus va ingliz tilida) ............................................................................. 272
7. Ilovalar…………………………………………………………………………………...294
3
III. ASOSIY ADABIYOTLAR
№ Muallif, adabiyot nomi, turi, nashriyot, yili, hajmi Kutubxona-
dagi
soni
1. Abduraxmonov G, Shukurov Sh. O‘zbek tilining 3
tarixiy grammatikasi. T., 2008.
2. Mirzaev I, Boltaev M. O‘zbek tili. T., 2004. 2
3. Asqarova M, Yunusov R. O‘zbek tili praktikumi. T., 5
2006.
4. Ismoilov A, Lafasov U. O‘zbek tili. T., 2002. 18
5. Turdieva K, Axmedova D. O‘zbek tili. T., 2007. 2
6. Азизхонова Ю., Толипова Р. Ўзбек тили. Т., 1999. 30
4
IV. O‘QUV-METODIK
MATERIALLAR
5
Fandan o‘tiladigan mavzular va ular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlarning
taqsimoti
I SEMESTR (kuzgi)
№ Mavzular nomi soatlar
jami Ma’- Ama- Mus-
ruza liy taqil
1 O‘zbekiston - yagona vatan. Dunyo tillari. O‘zbek tilida 6 2 4
tovushlar talaffuzi.
2 O‘zbek tili – Davlat tili. O‘zbek tilining imlo qoidalari. 2 2
Harflar imlosi. Bosh harflar imlosi.
3 Milliy qadriyatlar – millat iftixori. O‘zbek tilida so‘z 2 2
yasalishi. Asos va qo‘shimchalr imlosi.
4 Tarix va zamonamiz. Tilning leksik qatlamlari. Qo‘shib 2 2
yozish va ajratib yozish.
5 Ulug‘ ajdodlarimiz. Atamalar va ularning vujudga 2 2
kelishi. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari. Chiziqcha bilan
yozish.
6 Vatan va vatanparvarlik. Ijtimoiy-siyosiy leksika. 2 2
Shevaga xos so‘zlar.
7 Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik. 6 2 4
Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi. So‘z
turkumlari.
8 Kelajak – bilimli yoshlar qo‘lida. So‘zlarning shakl va 2 2
ma’no munosabasabatiga ko‘ra turlari. Ot - so‘z turkumi.
9 Zamonaviy dunyoda ta’lim. Til va terminologiya. 6 2 4
Otning ma’no turlari. Otlarda egalik va kelishik shakllari.
10 Kitob mutolaasi. Erkin va turg‘un birikmalar. 6 2 4
Frazeologik birliklarning turlari va uslubiy xususiyatlari.
11 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy 2 2
kutubxonasi. Fe’l so‘z turkumi. Fe’llarda shaxs-son va
zamon shakllari.
12 Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba. Nutq 2 2
uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari. Sifat –so‘z
turkumi. Sifat darajalari.
13 Ommaviy axborot vositalari. Publitsistik uslub va uning 2 2
xususiyatlari. Olmosh so‘z turkumi.
14 Internet hayotimizda. So‘zlashuv uslubi. Og‘zaki va 2 2
yozma uslub, ularning xususiyatlari.
15 O‘zbekiston va jahon. Rasmiy diplomatik uslub va 2 2
6
uning xususiyatlari. Son so‘z turkumi.
16 XXI asrda innovatsiyalar. Ilmiy uslub va uning 6 2 4
xususiyatlari. Ravish so‘z turkumi.
17 Davrimizning global muammolari. Maqola va uning 6 2 4
turlari.
18 Tabiat va inson. Intervyu olish va intervyu berish 2 2
qoidalari.
Jami 60 36 24
1-mavzu. O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN
Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qish, mazmunini to‘liq tinglab tushunish.
Matndagi atama va iboralarning ma’nosini izohlash. Vatan haqidagi she’rlardan
namunalar yod olish.
Yozma nutq: Matndan tayanch so‘z va iboralarni ajratib yozish. Matndagi
asosiy fikrni yozma ravishda ifodalash. Respublika baynalmilal madaniyat markazi
haqida qisqa ma’lumot yozish.
Grammatika: Dunyo tillari. O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi.
Tayanch so‘z va iboralar:Vatan, vatanparvarlik, yagona Vatan, til oilalari,
dunyo tillari, oltoy tillar oilasi, fonetika, tovushlar tizimi, unli tovush, undosh tovush,
jarangli va jarangsiz undoshlar, tovush talaffuzi, orfoepiya.
O‘zbеkistоn
O‘zbеkistоn - O‘rtа Оsiyоning mаrkаziy qismidа jоylаshgаn. Shimоliy qismi
mo‘tаdil, jаnubiy qismi subtrоpik mintаqаgа mаnsub. Iqlimi hаm mo‘tаdil iliq, kеskin
kоntinеntаl, hududi 447,4 ming kv. km. Аhоlisi 34 milliоn kishi. O‘zbеkistоn
mа’muriy jihаtdаn Qоrаqаlpоg‘istоn Rеspublikаsi vа Аndijоn, Buхоrо, Jizzах,
Nаvоiy, Nаmаngаn, Sаmаrqаnd, Sirdаryо, Surхоndаryо, Tоshkеnt, Fаrg‘оnа,
Хоrаzm, Qаshqаdаryо vilоyatlаridаn vа Tоshkеnt shаhridаn ibоrаt mа’muriy
hududlаrgа bo‘lingаn. O‘zbеkistоn pоytахti - Tоshkеnt shаhri (аhоlisi 3 milliоngа
yaqin).
O‘zbеkistоn хаlq хo‘jаligidа ilg‘оr tехnikа bilаn qurоllаngаn sаnоаtning yuzdаn
ziyоd tаrmоq vа sоhаsi mаvjud. O‘zbеkistonning hаr bir qаrichi оltingа tеng. Nоdir
qаzilmа bоyliklаrning ishgа sоlinishi mаmlаkаtning jаhоn bоzоrigа chiqishini
tа’minlаydigаn yangi sаnоаt tаrmоqlаrini, mаsаlаn, аvtоmоbilsоzlikni yarаtish
imkоnini bеrmоqdа.
O‘zbеkistоn o‘zining bоy o‘tmishi, tаriхiy vа ko‘hnа mаdаniyatigа еgа.
O‘zbеkistоn hududi Mаrkаziy Оsiyоdа bundаn 500-700 ming yil ilgari оdаmzоd
pаydо bo‘lgаn jоylаr sirаsigа kirаdi. Sеlung‘urdа tоpilgаn “Fаrg‘оntrоp” (Fаrg‘оnа
оdаmi) bungа misоl. Milоddаn аvvаlgi VII аsr - milоdiy IV аsrlаr dаvоmidа tаriхiy
mаdаniy o‘lkаlаr - Хоrаzm, Sug‘d, Bаqtriya vа bоshqа dаvlаtlаr shаkllаngаn. Bu
dаvlаtlаr hаrbiy-dеmоkrаtik tuzilishgа еgа bo‘lgаnlаr. Mаrkаziy Оsiyоdа sаklаr,
7
mаssаgеtlаr, so‘g‘dliklаr, bаqtriyaliklаr singаri хаlq vа qаvmlаr yashаgаn.
O‘zbеkistоn o‘tmishdа Mоvаrоunnаhr, Turоnzаmin, Turkistоn nоmlаri bilаn mаshhur
bo‘lib kеlgаn.
Mustаqillik uchun kurаshgаn To‘mаris, Shirоq, Spitаmеn, Muqаnnа, Tоrоbiy
kаbi ko‘plаb хаlq qаhrаmоnlаri tаriхdаn mа’lum.
O‘zbеkistоn Аmir Tеmur, Imоm аl-Buхоriy, Imоm аt-Tеrmiziy, аl-Хоrаzmiy,
Аhmаd Fаrg‘оniy, Аbu Rаyhоn Bеruniy, Ibn Sinо, Zаmахshаriy, Fоrоbiy, Аhmаd
Yassаviy, Аlishеr Nаvоiy, Mirzо Ulug‘bеk, Zаhiriddin Muhаmmаd Bоbur singаri
buyuk siymоlаr yashаgаn tаbаrruk zаmindir.
Хususаn, Sоhibqirоn Аmir Tеmur Mаrkаziy Оsiyо, O‘rtа vа Yaqin Shаrq
mаmlаkаtlаrining kаttаginа qismini birlаshtirdi. Аmir Tеmur bаrpо еtgаn buyuk
davlat ilm-fаn, mаdаniyat vа mа’rifаtning bеhаd rаvnаqini tа’minlаdi.
Hоzirgi kundа turli dingа mаnsub 130 dаn оrtiq millаt vа еlаt vаkillаri bu
diyоrdаn mаkоn tоpgаn (ulаrning 80,0 fоizi o‘zbеklаr, 4,0 fоizi ruslаr, 5,2 fоizi
tоjiklаr, 4,5 fоizi qоzоqlаr, 1,7 fоizi qоrаqаlpоqlаr).
Mustаqillik O‘zbеkistоnning siyоsiy tizimidа jiddiy o‘zgаrishlаrgа оlib kеldi.
Mаmlаkаtimiz tаriхidа birinchi bоr muqоbillik аsоsidа Prеzidеnt sаylаndi.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsining yuksаk dеmоkrаtik tаlаblаrigа mоnаnd Аsоsiy qоnuni
- birinchi Kоnstitutsiyasi vа shu аsоsdа ko‘pdаn-ko‘p qоnunlаr qаbul qilindi.
O‘zbеkistоn mustаqilligini jаhоnda 170 dаn оrtiq dаvlаtlаr tаn оldi, o‘nlаb
mаmlаkаtlаr bilаn diplоmаtik аlоqа o‘rnаtildi.
O‘zbеkistоn Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti, Yevrоpаdа Хаvfsizlik vа hаmkоrlik
tаshkilоti kаbi o‘nlаb nufuzli хаlqаrо tаshkilоtlаrgа а’zо bo‘ldi.
O‘zbеkistоn o‘z dаvlаt rаmzlаri - bаyrоg‘i, gеrbi, mаdhiyasi, pоytахtigа еgа.
O‘zbеkistоn tаrkibidа suvеrеn Qоrаqаlpоg‘istоn Rеspublikаsi mаvjud.
Еndilikdа O‘zbеkistоn siyоsiy vа iqtisоdiy mustаqilligi bаrqаrоr, suvеrеn,
dеmоkrаtik rеspublikаdir.
Topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing.
2. Matn bo‘yicha savollar tuzing.
3. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering.
4. Matndagi tayanch so‘zlarni yod oling.
Bebaho so‘z saboqlari
8
Har yili mustaqillik bayramlarimiz biri-biridan go‘zal g‘oya, shiorlar ostida
nishonlanayotir. Xalqimiz bu g‘oya, shiorlardagi so‘zni alohida mehr, ixlos bilan
qabul qilmoqda. Ularning mag‘zini chaqib, o‘ziga olam-olam ma’no, ma’naviy oziq
olmoqda. Chunki bu «kalit so‘zlar» xalqimiz qalbiga kirib, qat-qatlariga singib
ketayotir. Ularning aytayotgan so‘zlarida, qilayotgan ishlarida, bildirayotgan
munosabatlarida bularning barchasi namoyon bo‘lmoqda.
32 millionli o‘zbekistonliklarning onasi faqat mana shu – Vatan. Uning nomi –
O‘zbekiston. Bu so‘zlar ana shu mehribon va Buyuk Ona – O‘zbekistonga qarab
aytilmoqda. Ne baxtki, bu so‘zlarni iftixorga to‘lib aytish faqat BIZga –
o‘zbekistonliklarga nasib etgan.
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ga murojaat qilamiz. Ana shunda har kuni
eshitib yurgan bu so‘zlarningbiz bilmagan, teran ma’nolari tovlana boshlaydi.
Yagona– yakka, bitta. 1) Yakka-yolg‘iz; birdan-bir, bitta-yu bitta. 2) Boshqa
tengi yo‘q.
Vatan– tug‘ilib o‘sgan joy, yurt. 1) kishining tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri
yoki qishlog‘i; yurt, diyor. 2) Kishi tug‘ilib o‘sgan va o‘zini uning fuqarosi
hisoblagan mamlakat; ona yurt. 3) Turarjoy, boshpana, maskan, uy. Vatan so‘zi
asosida tuzilgan so‘zlar.
Vatangado– Vatandan kechib, qochib, o‘zga ellarda darbadar yuruvchi.
«Vatangado bo‘lguncha kafangado bo‘l» (maqol); «Hatto bir siqim tuproq ham
vatangadoning ko‘z yoshi o‘z bag‘riga singishini istamaydi. S. Azimov. Oppoq tong
qo‘shig‘i.
Vatangadolik– vatangadoga xos hayot, holat, vatangado bo‘lib yashash.
«Vatangadolikning azobi go‘r azobi bilan teng ekan. (A. Muxtor. Chinor);
Vatandosh – vatani bir, bir mamlakatda tug‘ilib o‘sgan kishilar.
Vatanjudolik – vatandan judo holatdagi hayot, shaxsning shunday hayot
kechirishi.
Vatanli– turar-joyga, boshpanaga ega bo‘lgan; uyli-joyli.
Vatanparvar– Vataniga g‘amxo‘rlik qiluvchi. O‘z Vatanini, ona yurtini,
xalqini cheksiz sevuvchi, vatan manfaatlari uchun jonbozlik ko‘rsatuvchi.
Vatanparvarlik – vatanparvarlarga xos ish, xatti-harakat, xislat.
Vatanfurush – O‘z Vataniga xiyonat qiluvchi, vatanini sotuvchi.
Men nechun sevaman O‘zbekistonni
A.Oripov
Men nechun sevaman O‘zbekistonni?
Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo!
Nechun vatan deya yer-u osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho?
Aslida dunyoda tanho nima bor,
Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo ?
Yoki quyoshlimi sevgimga sabab,
Axir quyoshli-ku butun Osiyo.
9
Men nechun sevaman O‘zbekistonni?
Bog‘larin jannat deb, ko‘z-ko‘z etaman
Nechun ardoqlayman tuprog‘ini men,
O‘paman tuprog‘ing bebaho Vatan.
Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng,
Nechun u tuproq deb yig‘ladi Furqat,
O, Oashqar tuprog‘i, qashshoqmiding sen?
Xo‘sh, nechun sevaman O‘zbekistonni
Sababini aytgin, desalar menga,
Shoirona go‘zal so‘zlardan oldin,
Men ta’zim qilaman ona Vatanga.
Xalqim tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo‘lsaydi,
Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga
Vatanlar, Vatanlar,
Mayli gullasin,
Bog‘ unsin mangulik muzda ham ammo.
Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun
Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo.
Lug‘at
Vatan – Родина
O‘zbekiston – yagona vatan - Узбекистан – единственная Родина
Davlatchilik asoslari – основы Гоcударcтва
Xalqaro aloqalar – Международные отношения
Tarixiy joy nomlari – названия историческиx местностей
Xronologik ma’lumotlar – хронологические справки
Tarixiy sanalar – истoрические даты
Asosiylarini ajrata bilish – умение выбирать самыe важныe
Qayta hikoya qila olish – уметь пересказывать
vakil – представитель
ramz – символ
betakror – неповторимый
Vatan – родина
10